

Ma'lumotlarga ko'ra, Ronaldu xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgan edi, Beylni esa Premer-liga klublari va PSJ o'z safida ko'rmoqchi, ammo FIFA tomonidan "Real"ga yangi futbolchi xarid qilish taqiqlanganidan so'ng, "Qirollik klubi" Beyl va Ronaldu hamda boshqa yetakchi futbolchilarni qo'yib yubormaydigan bo'ldi.
Oldinroq FIFA "Real" va "Atletiko"ga ikki transfer oynasi mobaynida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni taqiqlagan edi.
Ikkala klub ham hozirgi transfer oynasida futbolchi xarid qila oladi, ammo 2016 yilning yozida va 2017 yilning yanvar oyida bu jamoalar yangi futbolchi ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.



