"Real" qishda transfer qilishni rejalashtirmayapti. 16 yoshli Endrik bundan mustasno

Sherzod Nurmatov
1 dek 2022, 18:45
"Real" yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida hech qanday transfer qilmoqchi emas.

Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, klubning asosiy transfer maqsadi "Palmeyras"ning 16 yoshli hujumchisi Endrik hisoblanadi, biroq u 2024 yilda voyaga etmaguncha Yevropaga bora olmaydi.

"O'ylashimcha, "Real" yanvarda hech kim bilan shartnoma imzolamaydi, faqat Endrik kabi kelajakdagi maqsadlaridan tashqari. Ular xuddi shu tarkibda davom etishni istashlarini ochiqchasiga e'lon qilishdi va xususiy tarzda tasdiqlashdi. Yozda yoki keyinroq barchasini ko'ramiz", – dedi Romano.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana