"Real" PSJ himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
29 iyun 2017, 13:14
"Real" PSJ himoyachisi Markinosga qiziqish bildirmoqda.

"Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning fikricha, 23 yoshli braziliyalik "qaymoqranglilar"ga foyda keltirishi mumkin. Biroq ispan grandining fikricha, parijliklar Markinos uchun katta pul so'raydi. "Real" futbolchini kuzatishda davom etmoqda.

Markinos so'nggi mavsum Fransiya chempionatining 29 ta uchrashuvida 3 ta gol urdi.

Oldinroq "Real" "Atletiko" himoyachisi Lukas Ernandesga qiziqish bildirgan edi, biroq futbolchi "Qirollik klubi"ga o'tishni istamadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo