"Real" prezidenti Iskoning yangi shartnomasi va Beyl haqida gapirib o'tdi

Tolibjon Qosimov
8 sen 2017, 21:26
"Real" prezidenti Florentino Peres Isko bilan tez orada yangi shartnoma imzolanishini tasdiqladi.

"Isko juda ham yoshligida bizning safimizga kelib qo'shilgan va biz kutganimizdek hozirgacha katta o'sishga erishmoqda. U bilan shartnomani uzaytirish borasida yaqin kunlarda e'lon qilamiz, masala hal.

Beyl - eng yaxshi o'yinchilarimizdan biri, undan ko'nglimiz to'q. Beyl bo'yicha taklif olmadik. U haqda Mourinyo gapirdi, bu shunchaki hurmat yuzasidan edi.

Hozir istalgan futbolchini sotib olish mumkin. Bir yildan keyin nima bo'lishini ko'ramiz, hozir bu haqda hech kim bilmaydi", - dedi Peres.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com