"Real" Niko Uilyamsni sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
17 dek 2024, 14:56
"Qirollik klubi" yozda Ispaniya terma jamoasi vingerini o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

Bu transfer amalga oshishi Vinisius Juniorga ham bog'liq. Gap shundaki, madridliklar braziliyalik futbolchini mavsum yakunlangach, Saudiya Arabistoniga sotib yuborgan taqdirda, "Atletik"dan Nikoni sotib oladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Niko Uilyams "Barselona"ga o'tishi kutilgan, lekin yakunda futbolchi Bilbaoda qolgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: El Gol Digital