"Real" Navas bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Aslanov Jasurbek
20 noya 2018, 17:12
"Real" rahbariyati darvozabon Keylor Navas bilan shartnomani uzaytirishni xohlayapti.

31 yoshli posbonning "Qirollik klubi" bilan shartnomasi 2020 yilda yakuniga etadi.

Madridliklar rahbariyati kostarikalik bilan 2021 yilgacha mo'ljallangan bitim imzolamoqchi va uning maoshini 5 mln evrogacha oshirmoqchi.

Navas 2014 yildan beri "Real" sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ABC.es