"Real" "Napoli" futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
3 apr 2020, 16:54
"Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruisning agenti Alvaro Torres futbolchining xizmatlariga "Real" qiziqayotganligini aytdi.

- Ko'plab katta klublar Ruisga qiziqish bildirmoqda, sababi u uchinchi mavsumdirki yuqori saviyadagi o'yin namoyish etmoqda.

Bu to'g'ri, "Real" unga qiziqish bildirmoqda. Biz bu haqda "Napoli"ga xabar berdik, ammo Ruis hozirda asosiy e'tiborini jamoasiga qaratgan. Ko'ramiz, yozda nima bo'larkin, - deydi Torres.

Ruisning "Napoli" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Ispaniyalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada "Napoli" safida 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Canal Sur Radio