"Real" MYUga Varan bilan muzokara o'tkazish uchun ruxsat berdi

Mirjalol Normatov
12 iyul 2021, 22:59
"Manchester Yunayted" "Real" himoyachisi Rafael Varanning transferi borasida ishlashda davom etadi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, Madrid klubi MYUga fransiyalik bilan muzokara o'tkazishga ruxsat bergan. Ayni damda bu holatni PSJ ham o'rganib bormoqda.

Varanning "Real" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi. Shu boisdan MYU iloji boricha narxni tushirishga harakat qilmoqda.

O'tgan mavsumda Varan 41 o'yinda 2 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports