

Alvaro Morata asosiy tarkibdan muqim joy berilmagach klub rahbariyatidan uni qo'yib yuborishlarini so'ragan. "Real"da Moratani olib qolishni istashgan. Ammo futbolchi ko'proq o'ynashni istagani va jamoadagi holatidan ko'ngli to'lmagani uchun kyetishga qaror qildi.
"Real" Moratani o'rniga hech kimni sotib olmoqchi emas. Zidan markaziy hujumchi sifatida Benzema, Ronaldu va kerak paytda yosh Borxa Mayoralni o'ynatishni rejalashtirgan.



