"Real" Modrichga o'rinbosar topdi

Mirjalol Normatov
23 may 2025
"Real" Luka Modrichning ketishi sababli uning o'rnini munosib to'ldirishga harakat qilmoqda.

"Marca" tarqatayotgan ma'lumotlarga ko'ra, klubdagilar PSJ yarim himoyachisi Vitinya nomzodini ko'rib chiqmoqda. 25 yoshli futbolchi ayni damda 60 mln evroga baholanmoqda. Uning parijliklar bilan kelishuvi 2029 yil yoziga qadar davom etadi.

Ushbu mavsumda Vitinya barcha turnirlarda 50 o'yinda qatnashib, 7 gol va 5 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca