"Real" Millatlar Ligasi finalidagi g'alabadan so'ng "Oltin to'p"ni Benzemaga berishga chaqirdi

Alisher
11 okt 2021, 10:30
Fransiya terma jamoasi Millatlar Ligasi final o'yinida Ispaniyani 2:1 hisobida taslim etdi.

Unvonga ega bo'lgan "Real" forvardi Karim Benzemani Madrid klubi muvaffaqiyat bilan tabrikladi.

"G'alaba bilan ajoyib o'yinchimizni tabriklaymiz, "Oltin to'p", - deyiladi "Real" xabarida.

Benzema Millatlar Ligasi finalining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Forvard "Oltin to'p"ga da'vogarlar ro'yxatida bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/realmadrid