

"Real Madrid" klubi qachon Kilian Mbappeni tanishtirishi ma'lum bo'ldi. Marca nashrining xabar berishicha, fransiyalik futbolchi keyingi hafta Madridga keladi va "Real" bilan shartnoma imzolaydi. Shundan so'ng, "Qirollik klubi" Mbappeni tanishtiradi.
Madrid klubi Kilian Mbappening tanishtiruv marosimini "Santyago Bernabeu"da o'tkazadi. Klub bu maxsus tadbirni "tarixda qoladigan" darajada o'tkazmoqchi. Tashkilotchilar tanishtiruv marosimining har bir detaliga alohida e'tibor qaratishmoqda. Boshqa bir manba L’Equipe nashri bergan xabarga ko'ra "Real Madrid" Mbappening jamoa a'zoasiga aylanganini 3 iyun kuni e'lon qiladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Kilian Mbappe PSJ klubilan ketishini rasman e'lon qilgandi.



