"Real" Mayoralni 20 mln evroga sotib yubormoqchi

Mirjalol Normatov
2 avg 2020
Hujumchi Borxa Mayoral "Real"ni tark etishga yaqin.

23 yoshli ispaniyalikning xizmatlariga "Lacio" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Transfer 20 mln evro evaziga amalga oshishi mumkin.

"Lacio" tarkibni kuchaytirib, kelasi mavsumda chempionlik uchun kurashmoqchi.

Mayoral ushbu mavsumda "Levante" tarkibida ijarada o'tkazdi va 34 o'yinda 8 gol hamda 3 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca