

Parijliklar rahbariyati braziliyalik futbolchining transferi bo'yicha taklif bilan chiqishdi. Ular qirollik klubi so'rayotgan 150 million evroni berishga tayyor ekanliklarini ma'lum qilishgan. Ammo braziliyalik hujumchisi Parij jamoasiga o'tishdan bosh tortgan.
Avvalroq, Real Madrid Rodrigoning Man Siti haqida bildirgan fikrlari uchun sotishni reja qilgani haqida xabarlar berilgandi.



