"Real Madrid" muxlislari 0:4 dan so'ng Peresga rahmat aytishdi

Administrator
11 iyul 2025
"Real" muxlislari Florentino Peresga minnatdorchilik izhor etdi.

Payshanba kuni Madrid klubi klublararo jahon chempionati yarim finalida PSJdan (0:4) hisobida mag'lubiyatga uchragach, Nyu-Yorkdagi qarorgohini tark etdi.

Mehmonxonadan chiqish chog'ida "Real" prezidenti Florentino Peres jamoani kuzatib qolish uchun eshik oldida to'plangan jurnalistlar va muxlislar oldida to'xtamadi.

Shunday bo'lsa-da, Marca xabar berishicha, KO'JCH yarim finalidagi yirik mag'lubiyatga qaramay, Peres ko'plab minnatdorchiliklarga sazovor bo'ldi - muxlislar tomonidan "Florentino, hammasi uchun rahmat!" degan so'zlar yangradi.


AdministratorMuallif
Manba: Marca