“Real Madrid” Mbappeni qo'lga kiritmasa, bor e'tiborini kimga qaratishi ma'lum

Nozimov Nig'monxo'ja
12 sen 2023, 10:23
Madridning “Real” klubi rahbariyati PSJ hujumchisi Kilian Mbappening transferi amalga oshmasa, kimni sotib olishi ma'lum.

Sky Sports xabariga ko'ra, “Real Madrid” Mbappe bilan shartnoma imzolay olmasa, “Manchester Siti” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqadi.

Mbappening Parij klubi bilan tuzgan shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. 

Xulian Alvares esa o'tgan mavsum “Man Siti” tarkibida barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urishga erishgan. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 50 million evro.

O'xshash yangiliklar


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: sky sports