Real Madrid Mbappega katta miqdorda bonus berdi

Khoja
10 mar 2025
El Nacional nashri jurnalist Marsal Lorente Kilian Mbappening Realga o'tishining moliyaviy tafsilotlarini ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, qirollik klubi yaqinda Fransiyalik hujumchiga 117 million evro bonusi to'lagan.

Eslatib o'tamiz, Mbappe o'tgan yozda Realga PSJdan tekinga ko'chib o'tgandi. Futbolchi joriy mavsum 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 27 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: El Nacional