“Real Madrid” “Man Siti” yetakchilaridan biri bilan muzokara olib bormoqda. Bu Xoland emas

Khoja
6 mar 2024, 07:39
“Man Siti” yetakchilaridan biri Fil Foden faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkin.

FourFourTwo nashri ma'lum qilishicha, “Real Madrid” bor kuchi bilan futbolchi bilan shartnoma imzolash uchun harakat qilmoqda. Muzokaralar allaqachon boshlangan va madridliklar yarim himoyachi uchun 100 million funt to'lashga tayyor.

Ma'lumot uchun, Foden “Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 18 ta gol va 10 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: FourFourTwo