"Real Madrid" hamda "Atletiko" ishtirokidagi uchrashuvlar Janubiy Amerika terma jamoalari tufayli qoldirildi

Aslanov Jasurbek
13 okt 2021, 20:58
Sport bo'yicha Ispaniya Oliy Kengashi (CSD) La Liganing ikkita o'yini qoldirilganini e'lon qildi.

Yaqinlashib kelayotgan dam olish kunlari "Real" - "Atletik" va "Granada" - "Atletiko" o'yinlari o'tkazilmaydi.

Sababi 15 oktyabrga o'tar kechasi Janubiy Amerikada bo'lib o'tadigan jahon chempionati saralashidan o'rin olgan terma jamoalarning uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Qoldirilgan o'yinlarning o'tkazilish sanasi hozircha noma'lum.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca