La Liga. "Real Madrid" "Barselona"ga qarshi uchrashuv qaydnomasini e'lon qildi - Azar yo'q

Omonjon To`xtamirzayev
9 apr 2021, 19:33
Xabaringiz bor, ertaga, 10 aprel kuni Ispaniya chempionati navbatdagi tur doirasida "Real Madrid" - "Barselona" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Qirollik klubi" ushbu o'yin uchun qaydnomasini e'lon qildi.

E'tiborli jihati, so'nggi kunlarda jamoaviy mashg'ulotlarda to'liq qatnashayotgan va hech qanday cheklovlarsiz shug'ullanayotgan Eden Azar bu safar ham "o'yindan tashqari holatda" qolmoqda.

  

Darvozabonlar: Kurtua, Lunin, Altube;

Himoyachilar: Militao, Nacho, Marselo, Odriosola, Mendi;

Yarim himoyachilar: Kroos, Modrich, Kazemiro, Valverde, Isko;

Hujumchilar: Benzema, Asensio, Vaskes, Vinisius, Mariano Dias, Rodrigo.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia