"Real Madrid" 15-bor Chempionlar Ligasida zafar quchdi - bu mutlaq rekord!

Omonjon To`xtamirzayev
2 iyun 2024, 02:09
"Real Madrid" Chempionlar Ligasi 2023/24-yilgi mavsum g'olibiga aylandi.

Musobaqa finalida Karlo Anchelotti boshchiligidagi Madrid klubi Dortmundning "Borussiya"sini mag'lubiyatga uchratdi (2:0).

Shu tariqa, "Real Madrid" 15-marta UEFA Chempionlar Ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Bu mutloq rekord hisoblanadi!

Titullar soni bo'yicha ikkinchi o'rinda "Milan" (7 bor). Keyingi o'rinlarda "Bavariya" va "Liverpul" (6 martadan), kuchli beshlikni 5 ta kubogi bor "Barselona" yakunlab beradi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia