"Real Madrid" 1-bo'limda "Barselona" darvozasiga aniq zarba yo'llay olmadi

Оқил Абдубарноев
16 yanv 2023, 01:12
Ispaniya Superkubogi doirasida "Real Madrid" "Barselona"ga imkoniyatni boy bermoqda.

"El-klassiko"ning birinchi bo'limida kataloniyaliklar 2:0 hisobida oldinda bormoqda.

Karlo Anchelotti shogirdlari raqib darvozasi tomon bor-yo'g'i bir marta zarba yo'llagan bo'lsa-da, u ham aniq bormadi. Madridliklar 46% holda to'pga ega bo'lishmoqda.

O'z navbatida, kataloniyaliklar raqib darvozasi tomon etti marta zarba yo'llagan va ularning uchtasi aniq borgan. To'pga egalik ko'rsatkichi 54% ni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif