"Real" "Liverpul" hujumchisi uchun 115 mln evro to'lashga tayyor
Mirjalol Normatov
28 okt 2018, 16:41
"Real" hali ham jamoani yozda tark etgan Krishtianu Ronalduning o'rniga nomzod qidirmoqda.
"Don Balon" xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres jamoaning hujum chizig'ini Sadio Mane orqali kuchaytirmoqchi. Senegallik uchun "Real" 115 mln evro to'lashga tayyor turibdi.