"Real" Kurtua va Azardan so'ng yana bir "Chelsi" futbolchisiga ko'z tikmoqda

Alisher
13 sen 2019, 12:26
"Chelsi" yarim himoyachisi Ngolo Kantega "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan qiziqish bildirmoqda.

Madrid klubi keyingi yili fransiyalik xavbek bo'yicha "ko'klar"ga taklif bilan chiqmoqchi.

Bundan tashqari "Real" PSJ forvardlari Kilian Mbappe va Neymarga, shuningdek MYU xavbeki Pol Pogbaga ham qiziqishda davom etmoqda.

"Chelsi" ham Kantega madridliklar qiziqayotganligidan xabardor. 

Jamoaning sobiq futbolchilari Tibo Kurtua va Eden Azarlar suhbatlarida "Real"da Kantedek o'yinchi yo'qligini takidlashgan.

Kantening "aristokratlar" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan. Uning bozor narxi 100 million evroni tashkil etadi.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic