"Real" klublar o'rtasidagi JCHdan qancha pul ishlab olishi mumkin?

Aslanov Jasurbek
28 dek 2024
"Real" klublar o'rtasidagi jahon chempionatidagi ishtiroki uchun qancha mablag' olishi ma'lum bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Madrid klubi guruh bosqichidagi ishtiroki uchun kafolatlangan 30 mln. evroga ega bo'ladi. "Qaymoqranglilar" ushbu bosqichdagi barcha bahslarda g'alaba qozonishsa mablag' 35 mln. evroga etadi.

Agar "Real" yarim finalgacha chiqsa ular ishlab topgan umumiy pul 60 mln. evroni tashkil qildi. Finalga yetib borishsa ushbu mablag' 80 mln. evroga etadi.

Musobaqadagi g'alaba "Qirollik klubi" uchun umumiy qilib hisoblaganda 100 mln. evro mukofot pulini taqdim qiladi.

To'lovlarni taqsimlashda UEFA koefficientlar reytingi, klubning marketing qiymati va telehuquqlarning bozor narxi hisobga olinadi.

Yangi formatdagi klublar o'rtasidagi jahon chempionati 2025 yil AQSHda bo'lib o'tadi. Unda 32ta jamoa ishtirok etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As