Real ketma-ket ettinchi yil Ispaniya chempionatida 100ta gol urdi

Narzulla Saydullayev
21 apr 2016, 10:29
Real Ispaniya chempionati 34-turida Vilyarrealni yirik hisobda taslim qildi (3:0).

Klub bu mavsumda Primeroda 99, 100 va 101-gollarini urdi. "Qirollik klubi" ketma-ket ettinchi yil 100ta golni urdi. Ushbu seriya jamoaga Krishtianu Ronaldu kelganidan so'ng boshlangan.

Ronaldu kelguniga qadar Real o'z tarixida bir bor Primeroda 100ta gol urgandi. Ushbu hodisa 1989/90 yilda kuzatilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/InfostradaLive