"Real" ketma-ket 3-yil finalga chiqib, "Milan" va "Yuventus"ning natijasini takrorladi

2 may 2018, 08:01
"Real" ikki o'yin natijasiga ko'ra "Bavariya"ni YCHLdan chiqarib yubordi.

Madridliklar musobaqa finaliga ketma-ket 3 marta yo'l olgan uchinchi jamoa bo'ldi. Avval bunday natijaga Fabio Kapelloning "Milan"i (1993-1995) va Marchello Lippining "Yuventus"i (1996-1998) erishgan edi, xolos. Bundan tashqari mazkur natija "Real"ning oxirgi 5 yildagi 4-finali. Avval Chempionlar Kubogida bunday natijaga "Ayaks" erishgan(1969-1971, 1972-1973). Shuningdek, "Real" Chempionlar Ligasining 7-finaliga yo'l oldi (Musobaqa 1992 yilda ushbu nomni olgan) va bu borda rekord o'rnatib, "Milan" va "Yuventus"ni ortda qoldirdi (6 final). Madridliklar Chempionlar Ligasi/Kubogi musobaqasida 12 marta chempion bo'lgan. Oxirgi 5 yilda uch marta (2013, 2016, 2017).

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/@Mister Chiping