"Real" kelasi mavsum foydalanadigan formasini ko'rsatdi

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2025
"Real" keyingi mavsum uchun mehmon formasini taqdim etdi.

"Real" va adidas 2025-26 mavsum uchun mehmon formasini taqdim qilishdi, dizaynerlr libosni yaratishda "Bernabeu"dagi sehrli kechalardan ilhomlanishgan. Forma tungi ko'k rangda bo'lib, kechki o'yinlardagi osmonni eslatadi", – deyiladi klub xabarida.

"Real" yangi formani ilk bor klublar jahon chempionati guruh bosqichida "Red Bull Zalcburg"ga qarshi o'yinda kiyadi.




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com