"Real" ijaradagi futbolchisini ortga qaytarmoqchi

Alisher
10 dek 2019, 17:07
"Real" darvozabon Andrey Lunin va himoyachi Xavi Sanchesni "Valyadolid"dan ijaradan qaytarmoqchi.

"Real" mavsum oxirigacha “Valyadolid” bilan ijara shartnomasini bekor qilishni istayapti, chunki Lunin va Sanches etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti.

Ikki klub ham o'rtadagi munosabatlarning buzilishini xohlayotgani yo'q, shu sabab "qirollik klubi" tez orada ularni ortga qaytarmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Lunin 2018 yildan buyon Ukraina terma jamoasida o'ynamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS