"Real" hujumchilari 5 o'yindan buyon gol ura olishmayapti

Mirjalol Normatov
27 yanv 2020, 20:11
"Real" LaLiganing 21-turida "Valyadolid"ni mag'lub etdi, 1:0.

Ushbu o'yindagi g'alaba golini himoyachi Nacho kiritdi. Qayd etish kerak, so'nggi 6 o'yinda madridliklar tarkibida hujumchilar gol urganicha yo'q. Ushbu o'yinlarda Kazemiro (ikki marta), Rafael Varan (ikki marta) va Luka Modrich kabi futbolchilar gol urishdi.

Agarda "Barselona" va "Atletiko"ga qarshi o'yinlardagi nursiz duranglarni hisobga oladigan bo'lsak, "Real" hujumchilari 5 o'yindan buyon gol ura olishmayapti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal