"Real" himoyachisi jarohatidan forig' bo'ldi

Mirjalol Normatov
9 okt 2019, 22:12
"Real" himoyachisi Marselo uchrashuvlarda qatnashishga tayyor.

Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchi bugun jarohatidan forig' bo'lib, mashg'ulotlarga qaytgan. Futbolchi 4 oktyabr kuni "Granada"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi.

Marselo ushbu mavsumda "Real" tarkibida 4 o'yinda qatnashib, 1 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/realmadrid