"Real" niderlandiyalik futbolchini transfer qilishga tayyorlanmoqda

Alisher
31 yanv 2020, 11:07
"Ayaks" hujumchisi Brayan Brobbi qishki transferlar oynasi so'nggiga qadar Niderlandiyadan ketishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, Madridning "Real" klubi 17 yoshli futbolchi uchun taklif tayyorlamoqda.

"Qaymoqranglilar" iqtidorli forvardni xarid qilish huquqi bilan mavsum so'nggiga qadar ijaraga olmoqchi.

Qiziq jihati, Brobbi hali "Ayaks"ning asosiy jamoasida debyut qilib ulgurmagan va yoshlar jamoasida o'ynaydi. U "Ayaks" yoshlari tarkibida 10ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: VoetbalZone