"Real" futbolchisini Braziliya klubiga tekinga qo'yib yubormoqda

Khoja
4 avg 2025, 08:06
"Real Madrid" yarim himoyachisi Reyner faoliyatini "Atletiko Mineyro" klubida davom ettiradi.

Tez orada 23 yoshli futbolchi Madrid klubi bilan amaldagi shartnomani bekor qiladi va Braziliya klubi bilan 4,5 yillik shartnoma imzolaydi. 

Ma'lumot uchun, "Real" 2020 yilda Reyner uchun "Flamengo"ga 30 million evro to'ladi. O'shandan beri u hech qachon madridliklarning asosiy jamoasida o'ynamagan. Yarim himoyachi ijara asosida Dortmundning "Borussiya", "Jirona", "Frozinone" va "Granada" klublarida o'ynagan.

Transfermarkt portali Reynerning bozor narxini 1,5 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: skysport