"Real" futbolchisi jarohat oldi

Alisher
15 noya 2019, 14:51
"Real" va Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodriges mashg'ulotlar paytida jarohat oldi.

"Xames Rodriges jarohati sabab mashg'ulotlarni erta yakunladi", - deya xabar bermoqda Kolumbiya terma jamoasi matbuot xizmati.

28 yoshli futbolchi mashg'ulotlar paytida tizzasida og'riqni his qilgan. U tez orada chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.

Xames joriy mavsum barcha turnirlarda 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/fcfseleccioncol