"Real" futbolchisi Anchelotti tufayli ketishi mumkin

Sherzod Nurmatov
28 yanv 2025, 19:09
"Real"ning 17 yoshli futbolchisi Xesus Fortea yaqin vaqt ichida jamoani tark etadi.

Yosh o'ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal jarohatidan so'ng boshlang'ich tarkibda imkoniyatni qo'lga kiritishga umid qilgandi, biroq bosh murabbiy Karlo Anchelotti uni birorta o'yin qaydnomasiga kiritmadi. Fortea yoshlar jamoasiga qaytdi, bu esa uni juda xafa qildi. Mavjud vaziyat tufayli tomonlar yangi shartnoma borasida muzokaralar o'tkazmaslikka qaror qildi.

Xesus Forteaning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi. Futbolchi "qaymoqranglilar" akademiyasi safiga 2022 yilda "Atletiko"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tribuna.com