

"Real" futbol o'ynamayapti. Futbolchilar sportning boshqa bir turi bilan shug'ullanishmoqda. Jamoa ketma-ket uch marta YCHLda bosh sovringa ega chiqdi, bir necha futbolchilari individual mukofotlarni qo'lga kiritdi. "Real"ning raqiblari hujumga o'tayotgandagina o'yin chiroyliroq bo'lmoqda. "Real"da jamoaviy o'yin yo'q. Biroq ularda g'oliblik ruhi bilan to'yingan futbolchilar ko'p.
Ronaldu? Usiz jamoa yanada kuchayadi, jamoaviylik ruhi yanada oshadi deb o'ylagandim. Lopetegiga "Real"ning o'yinini qurish uchun etarlicha vaqt berishmadi. Solarining "Real"i ham oldingisi kabi o'yin ko'rsatmoqda", - dedi Xavi.



