"Real" fikrini o'zgartirdi

Mirjalol Normatov
1 may 2020, 01:00
"Real" koronavirus pandemiyasi sababli jamoa va klub a'zolari maoshini kamaytiradi.

Bu borada klub rasmiylari "El Pais" nashriga xabar bergan. Oldinroq klub prezidenti Florentino Peres jamoa sardori Serxio Ramos bilan gaplashgani va tomonlar maoshlar kamaymasligini kelishib olishgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

Yaqin kunlar ichida "Real" ham futbolchilarning maoshi borasida format ishlab chiqadi. Qayd etilishicha, bundan klub katta summani tejab qolishi aytilmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Pais