Real yetakchisining gaplaridan norozi va uni yozda sotib yuborishi mumkin

Khoja
12 iyun 2024, 08:51
Real Madrid rahbariyati Rodrigoning gaplarini hali ham xazm qila olmayapti.

Gap shundaki, braziliyalik futbolchi ECHL finali oldidan Manchester Sitini dunyodagi eng kuchli jamoa deb hisoblashini ma'lum qilgan. Bu gaplar esa qirollik klubi rahbariyatiga yoqmagan va shu sababli hujumkor futbolchini sotib yuborishlari mumkin. Madridliklar futbolchini 150 million evroga sotishga tayyor.

Avvalroq, Rodrigoga PSJ, Manchester Siti, Manchester Yunayted kabi jamoalardan qiziqish borligi ma'lum bo'lgandi.

Ma'lumot uchun, Rodrigo o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 51 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 17 ta gol va 10 ta golli uzatma bor. Uning Real Madrid bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com