"Real" Ermosoning "Atletiko"ga o'tishiga to'sqinlik qilishi mumkin

Alisher
31 may 2019, 16:23
Madridning "Real" jamoasi "Espanol" himoyachisi Mario Ermosoning "Atletiko"ga o'tishiga to'sqinlik qilishi mumkin.

Qirollik klubi futbolchini 2017 yilda kataloniyaliklarga sotgan. "Real" yana futbolchini sotib olish huquqiga ega va buning uchun 7,5 million evro to'lashga to'g'ri keladi.

"Real" agar bu bandni faollashtirsa, "matraschilar" futbolchi bilan bitim imzolay olishmaydi. Himoyachining taxminiy bahosi 40 million evroni tashkil etadi. Bundan tashqari, "qaymoqranglilar" har qanday holatda ham futbolchining sotuvidan foiz ishlab olishadi.

Futbolchiga "Atletiko"dan tashqari "Bavariya", PSJ va "Arsenal" jamoalari qiziqish bildirishmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca