"Real" Edegorni ijaradan qaytaradimi?

Sherzod Nurmatov
26 mar 2020, 21:47
"Real Madrid"ga tegishli "Real Sosedad" yarim himoyachisi Martin Edegor mavsum oxirida Madrid klubiga qaytishi mumkin.

Ayni paytda Edegor ijara asosida o'ynayapti va uning o'yin darajasi Madrid klabida ijobiy taassurot qoldirmoqda.

Manbada aytilishicha, "Real" norvegiyalik o'yinchini klubga qaytarish istagida, ammo futbolchi etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lishiga ishonch hosil qilmayapti.

Xabar qilinishicha, Edegor jamoadagi rolini aniq belgilab olish uchun klub bosh murabbiyi Zinedin Zidan bilan suhbatlashmoqchi. Norvegiyalikning amaldagi ijarasi keyingi mavsum uchun ham mo'ljallangan.

Ushbu mavsumda yarim himoyachi Ispaniya chempionatida 23 uchrashuvda qatnashib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca