"Real" direktori: "Nimaga bunday qilishganini tushunib bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
13 dek 2021, 22:54
"Real" direktori Emilio Butragenoga qur'aning qayta o'tkazilgani yoqmadi.

Eslatib o'tamiz, dastlabki qur'ada jamoaga "Benfika" raqiblik qilgan bo'lsa, qayta qur'ada "Real"ning raqibi sifatida  PSJ tanlandi.

"Ajablanarli va uyatli holat. Nima uchun bunday qilishganini tushunib bo'lmaydi. Millionlab muxlislarni, sport dunyosini hisobga olish kerak edi. 

PSJ bilan uchrashuvni intiqlik bilan kutamiz. Bu turnir muxlislar uchun katta ahamiyatga ega. Raqibning kuchi va darajasini hurmat qilamiz. Umid qilamanki, chorak finalga chiqa olamiz", - dedi Butrageno.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal