"Real" direktori jamoani ehtiyotkorlikka chorlamoqda

12 dek 2016, 18:50
Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichiga tashlangan qur'adan so'ng "Real" direktori Emilio Butrageno "Napoli"ni xavfli raqib deb atadi.


- Birinchi o'yin o'z maydonimizda o'tadi. O'sha bahsda o'zimiz uchun kerakli natijani qayd etmog'imiz lozim. Chunki javob uchrashuvida Neapolda bizni juda "qaynoq" qarshi olishadi. "Napoli"ning stadionidagi muhit haqida tasavvurga egaman.
1987 yili "Napoli"ga qarshi o'ynaganman va o'shanda jamoada Maradona o'ynardi. O'yin biz uchun juda qiyin kechgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com