"Real" klubi rahbariyati PSJ tarkibida to'p tepayotgan yarim himoyachi Anxel Di Mariyani ortga qaytarmoqchi.
Bu haqda "The Sun" xabar berdi. Manbaning ma'lum qilishicha, "qaymoqranglilar" markazda o'ynovchi Xames Rodriges bilan xayrlashmoqchilar. Uning o'rniga esa argentinalikni taklif qilishmoqchi.