"Real" Chempionlar Ligasidan chiqib ketganidan keyin sardori taqdirini hal qildi

Sherzod Nurmatov
18 apr 2025, 18:29
"Real"ning ispaniyalik himoyachisi Lukas Vaskes shu yozda jamoadagi faoliyatini yakunlaydi.

Bu qaror chorak finalda "Arsenal"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng qabul qilindi.

"Fichajes" nashri xabariga ko'ra, "qirollik klubi" rahbariyati 33 yoshli futbolchi bilan mavsum oxirida tugaydigan shartnomani uzaytirmoqchi emas.

Vaskes so'nggi yillarda "Real" uchun muhim o'yinchi edi, jumladan, sardor sifatida ham. Biroq jamoa evrokuboklarni tark etganidan so'ng uning klubdagi kelajagi mavhumlashdi.

Lukas "Arsenal"ga qarshi o'yindan keyingi intervyusida jamoa raqib bosimiga bardosh bera olmagani, ijodkorlik va sabr yetishmaganini tan oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Espana