"Real" Chempionlar ligasida safardagi eng yirik g'alabasiga erishdi

Narzulla Saydullayev
18 sen 2013, 12:09
"Real" kecha Turkiyada "Galatasaroy"ni yirik 6:1 hisobida zafar quchdi. Bunga qadar "Qirollik klubi" Turkiyada g'alaba qozona olmagandi.
Shunday qilib, "Real" g'alaba qozona olmagan davlatlar soni ikkita qoldi - Serbiya va Gretsiya.

"Galatasaroy" ustidan qozonilgan g'alaba "Real" uchun Yevropa chempionlar ligasida safardagi eng yirik g'alaba bo'ldi. Bunga qadar Madrid klubi 1998/99 yilgi mavsumda safarda "Shturm"ni 5:1 hisobida mag'lub etgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru