

"Real" "Chelsi" himoyachisi Ris Jeymsga qiziqmoqda. Bu haqda Ispaniya matbuoti yozmoqda. "Real" Risni himoya qanotini kuchaytirish uchun ideal variant deb biladi.

"Real" uchun "Milan" a'zosi Davide Kalabriya va "Vilyarreal" futbolchisi Xuan Foyt zaxira variant bo'lib turibdi.
Jeyms joriy mavsum APLda 12 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Ris jarohati tufayli ko'plab uchrashuvlarni o'tkazib yubordi, shuning uchun Qatardagi Jahon chempionatiga bormadi.



