“Real” “Barselona”ga qarshi o'yindan oldin yana bir yo'qotishga uchradi

24 fev 2020, 08:57
Rodrigo ham “El-Klasiko”ni o'tkazib yuboradi.

Zinedin Zidan braziliyalik Rodrigoni “Levante”ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritmagan edi. Futbolchi esa o'yin amaliyoti uchun “Kastilya” safida Segunda B doirasidagi bahsda maydonga tushdi. Rodrigo “San-Sebastyan-de-los-Reyes” klubiga qarshi bahsda hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Endi futbolchi sariq kartochkalari yig'ilib qolganligi sababli “Barselona”ga qarshi o'tadigan 1 mart sanasida o'yinni o'tkazib yuboradi. Avvalroq jarohat sabab Eden Azarning ushbu bahsda qatnashmasligi aniq bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football24