"Real" Azar uchun ikki futbolchisidan voz kechishga tayyor

Mirjalol Normatov
8 apr 2019, 20:45
"Real" "Chelsi" vingeri Eden Azarni sotib olish uchun bir necha futbolchisidan voz kechishga tayyor.

"AS" xabariga ko'ra, "qaymoqranglilar" "Chelsi"ning futbolchi borasidagi 116 million evrolik talabini bajarmoqchi. Shu boisdan Xames Rodriges va Mateo Kovachich transferga qo'yiladi.

Xorvatiyalik bu mavsum ijara asosida "Chelsi"da, kolumbiyalik esa "Bavariya"da o'ynamoqda.

Kovachichning transfer narxi 35, Xames esa 65 million evroga baholangan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS