

Qayd etilishicha, "Real" 21 yoshli xavbek uchun taxminan 60 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, unga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirayotgani va futbolchining agenti bilan kelasi yozda transfer qilish bo'yicha muzokaralar olib borgani aytilmoqda. "Kristal Pelas" Uortonni 2024 yilda 21 mln evroga sotib olgandi.
U bu mavsumda barcha musobaqalarda oltita o'yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uortonning "burgutlar" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, himoyachining narxi 45 mln evroni tashkil etadi.



