"Real" "Alaves"ga qarshi o'yinga to'liq tarkibda tayyorlanmoqda

Narzulla Saydullayev
1 apr 2017, 09:35
Real kecha Valdebebas bazasida Alavesga qarshi o'yinga tayyorgarlik doirasida navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi.

Bu uchrashuv yakshanba kuni Santyago Bernabeuda bo'lib o'tadi.

Kechagi mashg'ulotda tarkibdagi barcha futbolchilar ishtirok etishdi. Qirollik klubi a'zolari asosan to'p bilan ishlashdi. Mashg'ulot oxirida futbolchilar kichkina darvozalarni ishg'ol qilishga urinishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: realmadrid.com